O‘zbek matnshunosligining ilk bosqichi va Navoiy “Xamsa”si nashrlarining takomili
DOI 10.52773/tsuull.gold.2021.2/NVVE6422
Ключевые слова:
matnshunoslik, manbashunoslik, Navoiy, Xamsa, qo‘lyozma, nusxa, ilmiy-tanqidiy matn, nashr, doston, asar, jild, nasriy bayon, izoh, lug‘at.Аннотация
O‘zbek matnshunosligi va manbashunosligi sohalarida o‘tgan asrning o‘rtalarida Alisher Navoiy asarlarini tadqiq qilish, xususan, shoirning “Xamsa” dostonlari ommaviy nashrlarini amalga oshirish, ilmiy-tanqidiy matnlarini tuzish borasida salmoqli yutuqlar qo‘lga kiritildi. Bu davrda yaratilgan ko‘plab nashrlarda “Xamsa” dostonlari qo‘lyozmalarini o‘rganishda maktab yaratgan, uning ilmiy-tanqidiy matnlarini tuzgan matnshunos – Porso Shamsiyevning xizmatlari katta. Olimning sohada olib borgan ilmiy-amaliy faoliyatini tadqiq etish, ilmiy tajribalarini o‘zlashtirish, qolaversa, P.Shamsiyev tomonidan yoki bevosita uning ishtirokida amalga oshirilgan nashrlarni nazariy jihatdan tekshirish matnshunoslikning ustuvor vazifalaridan. Albatta, ustoz olimlar faoliyatini o‘rganish, nashr va ilmiy-tanqidiy matn tuzish borasidagi tajribalarini o‘zlashtirish matnshunoslik sohasida yangi qarashlarning shakllanishida, uning ilmiy-nazariy asoslarini shakllantirishda, umuman, sohadagi mavjud muammolarning yechimini topishda juda muhim.
Mazkur maqolada “Xamsa” dostonlari nashri tarixi va u bilan aloqador jarayonlar, umuman, o‘zbek matnshunosligi erishgan dastlabki yutuqlar va tajribalar hamda ularning ahamiyati tahlil etilgan, tegishli ilmiy xulosalar berilgan.