“Temurnoma”larning matniy xususiyatlari
DOI 10.52773/tsuull.gold.2021.2/EAES5207
Keywords:
matniy tadqiq, qo’lyozma, an’anaviy qolip jumla, xalq kitoblari, tarixiy-madaniy meros.Abstract
O‘zbekiston hududida xalq kitobi ko‘rinishida vujudga kelgan Amir Temur haqidagi qissa va dostonlar alohida silsilani tashkil etadi. Ularning muayyan qismi forsiy tilda, boshqa bir qismi turkiy-chig‘atoy tilida bitilgan. Istiqlol yillari Amir Temur tarixini keng ko‘lamda o‘rganish izga tushdi. Sohibqiron siymosining badiiy talqiniga ham e’tibor qaratildi. Bugunga kelib o‘tmish ijodkorlari yaratgan badiiy asarlarni matniy tadqiq etish bir qadar yo‘lga qo‘yilgani e’tirofga loyiq. Lekin, ta’kidlash joizki, asriy an’analarimiz, milliy qadriyatlarimiz, ma’naviy-madaniy boyliklarimizni tiklash, badiiy merosimizni xolis o‘rganish masalasida hali muammolar o‘z yechimini to‘laligicha topgan emas. Jumladan, buyuk davlat arbobi va sarkarda Sohibqiron Amir Temur hayotiga bag‘ishlab yozilgan “Temurnoma”lar matni va ularning qo‘lyozma manbalarini monografik tarzda o‘rganishga zarurat bor. Shu bois bu shaxs hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan badiiy-tarixiy asarlar qo‘lyozmalarini qiyosiy-matniy o‘rganish va “Temurnoma”larni matnshunoslik va adabiy manbashunoslik erishgan yutuqlar asosida qayta tadqiq qilish dolzarb muammolardan sanaladi. Shunga ko‘ra, Amir Temur hayoti va uning hukmronlik davri yoritilgan “Temurnoma” kabi badiiy-tarixiy asarlarni qiyosiy-matniy tadqiq etishga katta ehtiyoj bor. Ushbu maqolada Amir Temurga bag‘ishlab yozilgan badiiy-tarixiy asarlarning qo’lyozma manbalari matniy tadqiq etilgan.