Turkiy me’rojnomalardagi motivlar xususida

DOI 10.52773/tsuull.gold.2021.2/HFOO1640

Authors

  • Jahongir Turdiyev

Keywords:

tasavvuf adabiyoti, Me’rojnoma, Isro, janr, motiv, Islom tarixi, kitobatchilik.

Abstract

Musulmon mintaqa madaniyati ma’naviy jihatdan yuksalishda bir qancha takomil bosqichlaridan o‘tdi. Bu bosqichlar ichida insonni ehson maqomiga ko‘tarilishida muhim hisoblangan tasavvuf tariqatlari bosqichi alohida o‘ringa ega. Riyozat yo‘li bo‘lgan tasavvuf tariqati qalbni poklashdan boshlanadi. Mintaqa ma’naviy takomilidagi mazkur yuksalish bosqichi badiiy ijodda ham o‘z aksini topa boshladi. Natijada tasavvuf adabiyoti maydonga keldi. XII asrdan boshlab badiiy adabiyotda tasavvufiy qarashlar yetakchi o‘ringa ko‘tarila boshladi. Mazkur davr ijodkorlari tasavvuf ilmini puxta egallagan va bu ularning hayot yo‘llarida, yashash tarzida o‘z aksini topgan edi. Ular tomonidan bitilgan, bugungi kunimizga qadar yetib kelgan asarlar ham ushbu fikrimizni tasdiqlaydi. Tasavvuf adabiyotida Isro va Me’roj mavzusi alohida ahamiyat kasb etadi. Ko‘pgina ijodkorlar o‘z asarlarida mazkur voqealarni bayon etuvchi maxsus boblar ajratganlar. Umuman, Isro va Me’roj voqeasiga bag‘ishlangan nasriy va nazmiy asarlar tasavvuf adabiyotining ajralmas qismidir. Ushbu maqola turkiy me’rojnomalarning asosini tashkil etuvchi motivlar tahliliga bag‘ishlangan. Unda turkiy adabiyotda me'rojnomalarning yozilish sabablari, tuzilishi, manbalar asosida kiritilgan motivlar masalalari oʻrganilgan.

Downloads

Published

2023-05-12