Alisher Navoiy g‘azallarida tinish belgilarning qo‘llanilishi
Keywords:
tinish belgilari, vergul, tire, matn, matnshunoslik, yozma nutq, sintaktik qurilma.Abstract
Alisher Navoiyning 1988 – 2003-yillar ichida chop etilgan “Mukammal
asarlar to‘plami”dan o‘rin olgan “Xazoyin ul-maoniy” (3-6-jildlar)
misolida tinish belgilarning qo‘llanilishi maxsus o‘rganishni taqozo
etadi. G‘azallardagi tinish belgilarning yanglish ishlatililishi natijasida ularni
o‘qish va tushunish qiyinlashadi. Natijada o‘zbek kitobxonlari Navoiy
asarlari mazmunini to‘g‘ri anglay olmaydi. Maqolada g‘azaldagi jumla tuzilishida
tinish belgilarning qo‘yilishi va ularning mazmunga ta’siri tahlil
qilingan. Navoiy devonlarini tekshirish natijalari nashrlarda bir qancha
xatolar borligini ko‘rsatadi. Qo‘lyozma nusxalar bayozga ko‘cirilayotganda
tinish belgilar baytlarning sintaktik tarkibi va mazmunidan kelib chiqib
emas, balki umumiy qoida sifatida baytning birinchi misrasi oxiriga vergul,
ikkinchi misrasi oxiriga nuqta qo‘yish tartibida bajarib ketilgan. Qo‘shma
gaplar tarkibidagi sodda gaplar ko‘p o‘rinlarda vergul bilan ajratilmagan
Downloads
Published
Versions
- 2025-08-01 (2)
- 2025-08-01 (1)