O‘zbek shevalarida “Devonu lug‘ati-tturk” dagi so‘zlarning saqlanishi to‘g‘risida

DOI 10.52773/tsuull.gold.2022.2/ONVX9487

Authors

  • G‘aybulla Boboyorov

Keywords:

o‘zbekcha, turkiy tillar, eski turkcha, qarluq, qipchoq, o‘g‘uz, Xorazm, Amudaryo, Sirdaryo.

Abstract

Maqolada Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘ati-t-turk” (Turkiy so‘zlar devoni) asaridagi tilga olingan bir necha o‘nlab so‘zlarning o‘zbek tili va shevalarida saqlanish darajasiga to‘xtalib o‘tiladi. O‘zbek tili qarluq, qipchoq va o‘g‘uz kabi lahjalarni o‘z ichiga olib, ulardan har biri “Devon”dagi eski turkiy so‘zlarni u yoki bu darajada saqlab qolgan. O‘zbek tilining o‘ziga xos tomonlaridan biri – bu tilning uchta yеtakchi shevasi borligi, uzoq yillar davomida ushbu tarmoqlar uzluksiz o‘laroq aralashib kelganligi, ikkinchi tomondan esa deyarli ming yildan beri yozma adabiy tilga ega bo‘lib kelgani tilimizning qadimiy so‘zlarni birmuncha yaxshi saqlab qolishiga turtki bo‘lgan. Shuningdek, har uchala tarmoqning o‘zining eski o‘zanidan birmuncha uzoqda bo‘lishi ularning eski o‘zgachaliklari saqlanib qolishiga olib kelgan. O‘zbek tili “Devon”dagi so‘zlar eng ko‘p saqlanib qolgan tillardan biri bo‘lishining negizida yana ko‘plab omillar yotib, ulardan biri tilimizning eng eski yozma turkiy tillardan biri bo‘lmish “Xoqoniya turkchasi”, ya’ni Qoraxoniylar chog‘idagi adabiy turkchaning izdoshi ekanidir.

Downloads

Published

2023-05-15