“To‘tinoma” va uning o‘zbek adabiyotidagi variantlari
DOI 10.52773/tsuull.gold.2022.2/QSQG4723
Keywords:
Ziyovuddin Naxshabiy, “To‘tinoma” qo‘lyozmalari, Xiromiy merosi, hikoyat, qush tili.Abstract
Jahon adabiyotidagi mashhur asarlardan biri “To‘tinoma” ko‘p asrlardan buyon o‘rganib kelinmoqda. Mazkur shoh asarning har bir davrda o‘z mualliflari bo‘lgan.
Jahon so‘z san’atida e’tirof etilgan, yuksak badiiy saviyaga ega bo‘lgan Ziyovuddin Naхshabiyning “To‘tinoma” asari keyingi davrlarda paydo bo‘lgan “To‘tinoma”lar uchun poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda. Uning ko‘plab tillarga tarjima qilinib, bir qancha yangi variantlari yaratildi. Naхshabiyning bu asari Sharq durdonalaridan ilhomlangan shoirlar beshigiga aylangan Markaziy Osiyoda ham keng tarqalgan. O‘zbekiston mintaqa davlatlari orasida “To‘tinoma”ning qadimiy qo‘lyozmalarini asrash, milliy merosdan unumli foydalanish jihatidan alohida o‘rin ega. Qolaversa, o‘zbek adabiyotida Nahshabiy asari asosida yaratilgan va “To‘tinoma” deb nomlangan bir qancha asarlar mavjud. Latifiyning nasriy, Xiromiyning esa nazmda bitilgan “To‘tinoma”lari o‘zbek adabiyotida muayyan qadriyatga ega. Ushbu maqola qardosh o‘zbek adabiyotidagi “To‘tinoma” asarlari haqida ma’lumotlarni to‘plash hamda ushbu mavzudagi tadqiqotlarni ilmiy tahlil qilish va ular haqidagi xulosaviy fikrlarni taqdim etishni vazifa qilib qo‘yadi. Muallif o‘zbek zaminida bitilgan “To‘tinoma” variantlarining o‘ziga xos xususiyatlari, ularning badiiy qimmati va ahamiyati haqida o‘z fikrlarini bayon qiladi.