Xalach tili va uning o‘zbek tili bilan ayrim yaqinliklari to‘g‘risida
DOI 10.52773/tsuull.gold.2021.3/MKLI7124
Keywords:
xalachlar, til, tarix, o‘zbek tili, qarluq, o‘g‘uz, O‘rta Osiyo, Xuroson, Eron.Abstract
Xalach eli turkiy el-uluslar orasida o‘ziga xos tili va turli voqeliklarga boy o‘tmishi bilan ajralib turadi. Bugungi kunda Eronning markaziy qismidagi viloytalrda yashab, turmush yo‘sinida ko‘chmanchilik yetakchilik qiluvchi ushbu elat O‘rta Osiyo va unga qo‘shni o‘lkalardagi bir necha xalqlarning etnik uyushuvida qatnashgan. Ayniqsa, turkiy ellar orasida turkman, o‘zbek, Anado‘lu turklari, shuningdek, afg‘onlar orasida ular bilan bog‘liq ko‘plab etnik atamalar saqlanib qolgan. Ilk o‘rta asrlarda Yettisuv tegralarida yashagan xalachlar VI–VIII yuzyilliklar orasida Afg‘oniston va Shimoliy Hindiston (Pokiston) tomonlarga ko‘chib, bu yerlarda o‘z siyosiy uyushmalarini tuzishgan. Bu o‘lkalardagi bir qancha turkiy boshqaruvlarning o‘rnatilishida xalachlarning o‘rni bo‘lakcha. Eski hind, xitoy, baqtriy, arab, fors va turkiy tilli yozma yodgorliklarda ular bilan bog‘liq ko‘plab ma’lumot – bilgilarning uchrashi buni ko‘rsatib turibdi.