Muhsiniy she’riyati: asliyat va nashr qiyosi
DOI 10.52773/tsuull.gold.2021.3/JITP9769
Keywords:
matn, devon, qo‘lyozma manba, asliyat, tabdil, g‘azal, maqta’, bayt, band, nashr nusxa, qiyosiy tahlil.Abstract
Ushbu maqolada Qo‘qon adabiy muhiti vakili shoir Husaynquli Muhsiniy (1860–1917) lirik she’rlari matnshunoslik aspektida tadqiq qilingan. Shoirning “Gulshani jovid” devonining O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondida 7392-raqam ostida saqlanayotgan qo‘lyozmasi va “Barhayot gulshan” nomi bilan chop etilgan to‘plamidagi she’rlari qiyoslab o‘rganilgan. Natijada, shoirning o‘zbek va fors-tojik tillarida bitilgan 239 ta g‘azal yozganligi aniqlandi. Ulardan 211tasi o‘zbek tilida, 28tasi fors-tojik tilida. “Barhayot gulshan” nashriga esa 136ta o‘zbekcha g‘azal kiritilgan. 7392-raqami ostida saqlanayotgan qo‘lyozmada mavjud 75 ta g‘azal devon nashridan tushirib qoldirilganligi aniqlangan.
Muhsiniy devoni qo‘lyozmasini joriy imlodagi nashri bilan qiyosiy o‘rganish natijasida aniqlangan farqlar ilmiy tasnif etilgan va tahlil qilingan. Qiyosiy tahlillar natijasida Muhsiniy devonining mukammal nashrlarini tayyorlash matnshunoslik oldidagi dolzarb vazifalardan ekanligi ta’kidlangan.