Aliy Safiy Hiraviy qalamiga mansub yangi qo‘lyozmalar va Toshkent qo‘lyozma fondlarida mavjud asarlari
DOI 10.52773/tsuull.gold.2021.3/HKLO7896
Keywords:
qo‘lyozma, Aliy Safiy g‘azali, “Sharh-i Masnaviy”, “Tuhfatu-l-muluk”, e’tiqod, axloq, tasavvuf, irfon.Abstract
Jahon ilm-fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimiz boy merosi bugungi kunda dunyo fondlarida saqlanib kelinmoqda va olimlar tomonidan katta qiziqish bilan o‘rganilmoqda. Ajdodlarimizning dunyoqarashi, ma’naviy-estetik olami, ayniqsa, qo‘lyozma manbalarda o‘zining yorqin, go‘zal ifodasini topgan bo‘lib, bu manbalar sog‘lom e’tiqodli komil insonni tarbiyalashdek muhim va g‘oyat mas’uliyatli ishda eng ta’sirchan va samarali vositalardan biri ekanligi allaqachon e’tirof etilgan haqiqatdir.
Faxruddin Aliy Safiy bin Husayn Voiz Koshifiy (vaf. 939/1533), uning ijodi dunyoviy va diniy ilmlarning turli sohalarini qamrab olganligi bilan ahamiyatli. Faxruddin Aliy Safiy asarlarida ajdodlarimiz ilmiy merosi orqali yuksak fazilatlarga ega bo‘lgan insonni tarbiyalash, yoshlarni dinimiz asoslari orqali sog‘lom tafakkur va pok axloqqa targ‘ib qilish g‘oyalari o‘z ifodasini topgan.