Tafsirlarda Iskandar mavzusiga oid talqinlar
DOI 10.52773/tsuull.gold.2021.2/BDMW6840
Keywords:
Iskandar mavzusi, Zulqarnayn qissasi, transformatsiya, tafsir, talqin, retsepsiya, Sharq.Abstract
Islom ta’limoti Iskandar mavzusining keyingi taraqqiyoti, Sharqdagi rivojiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Bu ulkan ta’sir uch muhim asos – Qur’on, hadis va tafsirlarga tayanadi. Iskandar mavzusida asar yozish an’anasi ularning ta’sirida yangi sujet liniyalari, obrazlar, epizod va motivlar bilan boyidi. Mazmunan takomillashib, original talqinlarga ega bo‘ldi. Xususan, Qur’onning “Kahf” surasi mavzu va an’ananing Sharqdagi evolyutsiyasida burilish yasadi. Mazkur suraga yozilgan sharhlar esa o‘ziga xos xarakteri bilan ajralib turadi. Ularda Zulqarnayn qissasiga oid tafsilotlar Iskandar qissasiga daxldor qarashlar, talqinlar bilan qo‘shib yuborildi. Ya’ni tafsirlarda Iskandar mavzusi retsepsiyaga uchradi, ikki an’ana qorishtirib yuborildi.
Ushbu maqolada tafsirlarga xos ayni jihat tadqiq etilib, Sharqning mashhur mufassirlari asarlari asosida xulosalar chiqarilgan. Iskandar va Zulqarnayn an’analari yanglish tarzda qo‘shib yuborilgani, bunday qarash hech qanday ishonchli asoslarga ega emasligi ta’kidlangan.