Chustiy gʻazallarining vazn xususiyatlari
DOI 10.52773/tsuull.gold.2019.1/DCUO5963
Keywords:
rajaz bahri, Chustiy, ramal bahri, aruz vazni, gʻazal, vazn, hazaj bahri,Abstract
Ushbu maqolada Chustiyning “Hayotnoma” (1988), “Sadoqat gullari”
(1992), “Ko‘ngil tilagi” (1994) devonlaridagi gʻazallar vazni oʻrganilgan,
gʻazallarning janr xususiyatlari hamda mavzu koʻlami tahlil qilingan. Shoir
g‘azallarida mazmun va shakl birligini, g‘oya va obrazlar mutanosibligi va g‘azal
talablaridan kelib chiqqan holda har bir baytning o‘ziga xosligini kuzatamiz.
Chustiy g‘azallarida aruz tizimining ramal, hazaj, muzori’, mutaqorib,
mujtass, rajaz bahrlari faol ishlatilgan. Ushbu vaznlarda yaratilgan gʻazallar
“Shashmaqom”ga mansub 52 kuyga mos tushishini kuzatishimiz mumkin.
Bundan tashqari, Chustiy gʻazallarining vazni Alisher Navoiy, Zahiriddin
Muhammad Bobur ijodidagi she’rlarning vazn xususiyatlari bilan qiyoslandi.
Ulardagi parallellik, oʻxshashlik, mavzu va mazmun yaqinligi aniq misollar
orqali yoritildi. Gʻazallardagi xalq ogʻzaki ijodi va xalq kuylari bilan aloqadorlik
masalasi oʻrganildi. Bundan tashqari, Chustiy ayrim gʻazallarining aruz vazni
qoidalariga mos kelmasligi aytiladi. Jumladan, “Haddan ziyoda”, “Keling
tezroq, Qoraqalpoq” gʻazallarining. Ushbu gʻazallarni tahlil qilish jarayonida
ularning koʻproq barmoq vazni talablariga mos tushishi aniqlandi. Maqolada
ilk marotaba Chustiy g‘azallarining vazn statistikasi berildi.