“Qutadg‘u bilig” leksikasining statistik tahlili va genetik asoslari
DOI 10.52773/tsuull.gold.2019.4/RYTT5173
Keywords:
sanskritcha o‘zlashmalar, statistika, turkiy so‘zlar, bilim, o‘z qatlam, o‘zlashma qatlam, arabcha so‘zlarAbstract
Maqolada “Qutadg‘u bilig”ning turkiy va jahon xalqlari madaniyati
tarixida tutgan o‘rni, til taraqqiyotini o‘rganishdagi ahamiyati haqida so‘z
boradi. YUNESKO tomonidan “Qutadg‘u bilig”ning 950 yilligi munosabati bilan
2019-yilning “Qutadg‘u bilig” yili deb e’lon qilinishi millatimiz tarixida ulkan
voqea ekanligi asoslangan.
Maqolada “Qutadg‘u bilig” leksikasining statistik tahlili, o‘z qatlam va
o‘zlashma qatlam nisbati masalasi tadqiq etilgan. Doston matnidagi so‘zlarning
84 foizini turkiy leksemalar tashkil etishi koʻrsatib berilgan. Turkiy so‘zlarning
hozirgi o‘zbek adabiy tilida fonetik, semantik o‘zgarishlar bilan qo‘llanishiga
misollar keltirilgan. “Qutadg‘u bilig” matnidagi leksemalarning shevalarga
munosabati tahlil etilgan.
Downloads
Published
2021-10-28
Issue
Section
Статьи