Temuriylar davridan XX asr boshlarigacha Afg‘oniston hududida o‘zbek adabiy tili rivoji
Keywords:
Temuriylar davri, Afg‘oniston, o‘zbek tili, mavqeyi, adabiy hududlar, adabiy shaxslar.Abstract
Maqolada o‘zbek tilining Afg‘onistonda Temuriylar davridan XX asr boshlarigacha bo‘lgan mavqeyi o‘rganilgan.
O‘zbek tili Markaziy Osiyo, Movarounnahr, eski Xuroson va bugungi Afg‘onistonda ko‘p sonli so‘zlashuvchilarga ega ekanligi tadqiq etilgan. Shuningdek, o‘zbek tili mintaqadagi eng ko‘p fuqaroli tillardan biri hisoblanishi hamda XIV–XV asrlarda ushbu tilda so‘zlashuvchilar siyosiy, madaniy, iqtisodiy va ijtimoiy mavqega ega bo‘lgani yoritilgan.
Ma’lumki, Temuriylar hukmronligi davrida eski o‘zbek tiliga katta e’tibor qaratilgan. O‘zbek tili vakillari fors-dariy tillari qatorida o‘z tillariga ham yuksak baho berganlar, o‘zbek tili temuriylar sulolasi davrida oltin davrga ko‘tarilgan. Maqolada o‘zbek tilining temuriylardan keyingi holati ham tadqiq etilgan.