Afg‘oniston o‘zbek tili fonetikasida assimilyatsiya hodisasi

Authors

  • Feada Samadbek

Keywords:

Afg‘oniston, o‘zbek tili, assimilyatsiya, progressiv, regressiv.

Abstract

Mazkur maqolada Afg‘oniston o‘zbek tili fonetikasida assimilyatsiya hodisalari misollar bilan ko‘rsatilgan. Mazkur tilda yozilgan
nasriy ijodiyotlar yonida manzum asarlardan ham foydalanilgan. Assimilyatsiyaning turlari, ayniqsa, progressiv, regressiv va ularning kichik bo‘laklaridagi tovush o‘xshashligi, tovushlarning ta’siri bilan yondagi tovushning o‘zgarishi hodisalaridan ham misollar berilgan.
Afg‘oniston o‘zbek adabiy tilida ko‘ringan ayrim assimilyatsiya hodisalari, og‘zaki nutqda misollari ancha ko‘p. Biroq shevalar hech bir shaklda ishlanmagan. Ayrim kichik tadqiqotlar doirasida ishlangan bo‘lsa ham cheklangan sohani qamrab olgan. Mazkur tadqiqotlar yordamchi tarzda ma’lumotlarni to‘ldirishga xizmat qiladi. Ushbu maqolaning mavzusi Afg‘oniston o‘zbek adabiy tilda yangi bir tadqiqot bo‘lib, kelajakda mazkur tadqiqotdan keng foydalanishlari mumkin.

Downloads

Published

2024-08-01