Navoiy asarlaridagi literonimlar lingvopoetikasi

Authors

  • Mavluda Sharipova

Keywords:

literonim, lingvopoetika, harf, badiiy san’at, kitobat, o‘xshatish, tashbih, metafora, istiora.

Abstract

Maqolada badiiy san’atlar asarning saviyasini, ijodkorning badiiy tafakkur qudrati va mahoratini belgilovchi asosiy omil ekanligi tegishli misollar bilan dalillangan,, bu san’atlarni yuzaga keltiruvchi lingvistik vositalar aniqlangan, Sharq adabiyotshunosligida nazariy jihatdan asoslangan ma’noviy, lafziy va ma’naviy-lafziy san’atlar xususida fikrlar ifodalangan, bu badiiy san’atlar tizimida harfiy (kitobat) san’atining o‘rni hamda ahamiyati belgilangan, Alisher Navoiy she’riy asarlaridagi literonimlarning lug‘aviy-badiiy xususiyatlari ochib berilgan, uning literonomik istiora, literonomik tashbih, literonomik tazod, literonomik tasnif, literonomik qalb, literonomik tamsil, literonomik tajnis, tajnisi tomm, tajnisi noqis, tajnisi xatti kabi badiiy san’atlarni voqelantirishdagi vazifasi aniqlangan, shoining mazkur literonimdan foydalanib badiiy san’atlarni yuzaga keltirishdagi mahorati tegishli misollar bilan dalillangan, badiiy san’atlar taraqqiyotidagi o‘rni mazkur literonim asosida qisman belgilangan.

Downloads

Published

2024-08-01