“Qutadg‘u bilig”dagi baho munosabatini ifodalovchi leksemalar

Authors

  • Mushtariy Xolmuradova

Keywords:

yo‘riqnoma, pandnoma, tabiat hodisalari, ijtimoiy hodisa, borliq, fe’l-atvor leksemalari.

Abstract

Maqolada “Qutadg‘u bilig” asarining o‘z davridayoq shuhrat topgani, pandnoma mashhurligini belgilovchi omillar haqida so‘z yuritilgan. Asar beklarga, lashkarboshilarga atalgan yo‘riqnoma sifatida ko‘pgina xalqlar tomonidan alohida e’tibor bilan mutolaa qilingan. Uning turli nomlarda keng tarqalishi ham ijtimoiy masalalarning badiiy talqini sifatidagi mazmuni bilan bog‘liq.
Olimlar “Qutadg‘u bilig” nomini asar mazmun-mohiyatidan kelib chiqib turlicha izohlaganlar. Maqolada Yusuf Xos Hojib bayti mazmunidan kelib chiqib, asar nomining yangicha talqini ham keltirilgan.
“Qutadg‘u bilig” qomusiy manba hamdir. Asarda turli soha vakillari uchun qimmatli ma’lumotlar jamlangan. Pandnoma matnidan biologik olam, tabiat, jamiyat hodisalari, inson fiziologiyasi, ruhiyatiga oid qimmatli fikr-mulohazalar o‘rin olgan.
Pandnoma mashhurligini ta’minlovchi omillardan biri unda borliq, tabiiy jarayonlar, ijtimoiy hodisa, shaxslarga berilgan baho munosabatining aks etganligidir. Maqolada Olloh, payg‘ambarning sifatlarini ifodalovchi leksemalar, dunyo, tabiat, jamiyat hodisalari, shaxs fe’l-atvori, faoliyatiga berilgan baho munosabatlari ifodalangan so‘zlar semantik jihatdan tahlil etilgan.
Muallif bahosini, munosabatini aks ettiruvchi lisoniy birliklar, milliy-madaniy belgilar va ijodkorning til imkoniyatlaridan foydalanish mahorati, fe’l-atvor leksemalarining asar badiiyligini ta’minlashdagi o‘rni misollar tahlili orqali ko‘rsatib berilgan. Baholash mazmunidagi leksemalarning asar matniga xos ma’nolari va hozirgi o‘zbek tilidagi semantik xususiyatlari qiyosiy aspektda tahlil etilgan.

Downloads

Published

2024-08-01