Na’tning tarixiy-adabiy ildizlari va taraqqiyoti

Authors

  • Fayzulla Iskandarov

Keywords:

na’t, vasf, me’roj, nabiy, madh, sifat, arab adabiyoti, fors adabiyoti, turkiy adabiyot.

Abstract

Turkiy, xususan, o‘zbek adabiyotining tadrijiy takomilini Qur’oni karim, hadislar, tasavvuf falsafasi, komil inson masalasi, islomiy ma’rifat hamda musulmon odob-axloqisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ayniqsa, islom ma’rifati bilan sug‘orilgan Sharq xalqlari ma’naviyatida bu ta’sirni yaqqol sezamiz. Inson qalbi, ruhi va tuyg‘ularining tarjimoni bo‘lgan badiiy adabiyotda bu masala yanada yorqinroq namoyon bo‘lgan. Ming yillik adabiyotimiz tarixini o‘rganar ekanmiz, mazmun-mohiyatini islomiy ma’rifat, hadislardagi nabaviy hikmatlar uning manbasi ekanligiga amin bo‘lamiz. Payg‘ambar siymosi hamda U zot bilan bog‘liq voqea-hodisalarning vasfiy bayoni ijodkorlar uchun komil inson haqidagi qarashlarini bayon etishda ilhombaxsh mavzuga aylandi. Aynu shunday mavzulardan biri – payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamning madhi sabab bitilgan na’tlardir. Ijodkorlarning diniy-tasavvufiy, falsafiy, adabiy-estetik qarashlarini ifodalashda muhim o‘rin tutgan na’tlarni o‘rganish ijodkorlarning Alloh, olam va odam haqidagi qarashlari, tiriklik mohiyati va olamning poetik idrok etishdagi bilim hamda tasavvurlarini baholashda katta ahamiyatga ega.
Maqolada na’tning genezisi, tarixiy rivojlanish yo‘li, badiiy adabiyotga kirib kelishi, rivojlanishi arab va fors adabiyoti misolida ilmiy-nazariy jihatdan batafsil yoritib berilgan.

Downloads

Published

2024-08-01