Turkiy adabiyotda arba’innavislik an’anasi: Alisher Navoiy va Muslihiddin Mustafo Axtariy “Arba’in”lari misolida

Authors

  • Dilnavoz Yusupova

Keywords:

arba’innavislik, an’ana, hadis, roviy, qit’a, masnaviy, xafif, ramal.

Abstract

Mazkur maqolada Sharq musulmon adabiyotidagi arba’innavislik an’anasi haqida so‘z boradi. Turkiy adabiyotda Alisher Navoiydan boshlangan bu an’ana ozarbayjon adabiyotida Muhammad Fuzuliyning “Qirq hadis” asari bilan davom etdi. XVI asrda usmonli turk adabiyotida Muslihiddin Mustafo Axtariy ham bu an’anaga munosabat bildirib, o‘zining “Qirq hadis kitobi” asarini yaratdi. Maqolada Axtariyning ushbu asari Alisher Navoiyning “Arba’in”i bilan qiyoslangan va har ikki asardagi umumiy va farqli jihatlar tadqiq etilgan. Agar Navoiy hadislarning badiiy talqini uchun qit’a she’riy shaklidan foydalangan bo‘lsa, Axtariy to‘rtliklari o‘zaro qofiyalanuvchi masnaviy shaklida bitilgan. Navoiy hadislar ifodasi uchun xafif bahrini tanlagan, Axtariy to‘rtliklarida esa turkiy til imkoniyatlarini o‘zida yengil ifoda etuvchi ramal bahri qo‘llanilgan. Shuningdek, maqola mualllifi Alisher Navoiy va Muslihiddin Mustafo Axtariy asarlaridagi o‘n sakkizta hadisning mazmun jihatdan umumiy ekanligini aniqlagan.

Downloads

Published

2024-08-01