Navoiyshunoslik kontekstida matn tadqiqi (“G‘aroyib us-sig‘ar” devoni misolida)
Keywords:
matn, matnshunoslik, ilmiy-tanqidiy matn, yig‘maqiyosiy matn, metod, metodologiya, kontekst, kontekstual tahlil.Abstract
Maqolada Alisher Navoiy matnlarini o‘rganishga doir ayrim masalalar kun tartibiga qo‘yilgan. Xususan, tanqidiy, yig‘ma-qiyosiy matn, ularning xususiyatlari, navoiyshunoslikdagi matn tadqiqi bilan bog‘liq izlanishlar muxtasar tahlilga tortilgan. Matnshunoslikka oid ishlarning metodologik asoslariga diqqat qaratilgan, bu boradagi qarashlarni tizimlashtirishga harakat qilingan.
Mutafakkir asarlari matnlarini birlamchi manbadan o‘rganish va yig‘ma-qiyosiy matnning ilmiy ahamiyati asosiy muammo sifatida ko‘rilgan. Maqola muallifi “G‘aroyib us-sig‘ar”ning Hamid Sulaymonov tayyorlagan tanqidiy matni xususida to‘xtalgan, mazkur devonning yig‘ma-qiyosiy matniga qanday ilmiy ehtiyoj borligini yoritgan. Shuningdek, “G‘aroyib us-sig‘ar” yig‘ma-qiyosiy matnini tuzish prinsiplariga diqqat qaratib, bu borada tadqiqotga jalb qilinadigan qo‘lyozma manbalar haqida ma’lumotlar keltirgan. Yig‘ma-qiyosiy matn nazariy jihatdan muhim yangiliklar berishini, keyingi tadqiqotlar uchun qay darajada xizmat qilishi asoslangan.