Som Mirzo Safaviyning “Tuhfayi Somiy” tazkirasi haqida

Authors

  • Jaloliddin Jo‘rayev

Keywords:

qo‘lyozma, tazkira, temuriylar davri, adabiy muhit, qiyosiy tahlil.

Abstract

Som Mirzo Safaviyning “Tuhfayi Somiy” tazkirasi temuriylar davlati barham topgandan keyin bunyodga kelgan safaviylar davlati
doirasida yaratilgan ilk tazkiralardan sanaladi. Tazkira temuriylar davrida shakllangan adabiy an’ana, mazkur davrda tanilgan turkiy ijodkorlar asarlarining yangi davlat hududlaridagi o‘rni, yangi shakllanayotgan adabiy doiraga ta’siri, turkiy adabiyotning adabiy jarayondagi ahamiyatiga oid ko‘plab qiziqarli ma’lumotlarni jamlagan manba sifatida qimmatli.
Maqolada “Tuhfayi Somiy”ning yaratilishi, tuzilishi, qo‘lyozma nusxalari, nashrlari va o‘zbek adabiyotiga daxldor o‘rinlari xususida ma’lumot berilgan. Som Mirzo tazkirasidagi Alisher Navoiy “Majolis unnafois” ining ta’siri ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, “Majolis un-nafois” tazkirasiga kirgan ayrim ijodkorlar haqidagi ma’lumotlarning matniy qiyosi amalga oshirilgan. Bular orqali Som Mirzo tazkirasining ilmiy ahamiyati dalillangan.

Downloads

Published

2024-08-01