“Lahjat ul-lug‘ot” asarida ifodalangan zoonimlar

Authors

  • Umida Radjapova

Keywords:

zoonim, ornitonim, nominatsiya, muchal hisobi, burj, tadrijiy taraqqiyot, tarixiy-etimologik tavsif.

Abstract

Ilmiy merosimizning muayyan qismini tashkil etgan qo‘lyozmalarni o‘rganish, tabdil va tahlil qilish bugunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Tadqiq etilayotgan “Lahjat ul-lug‘ot” asari mumtoz asarlarning til xususiyatlarini ochishda, ma’no-mazmunini tushunishda dasturilamal bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Mazkur maqolada “Lahjat ullug‘ ot” asarida keltirilgan zoonimlar o‘rganilgan – ularning nomlanish qonuniyatlari, sabablari va motivlari aniqlanib, tahlil qilingan. Asarda keltirilgan hayvon nomlari katta bir tizimni tashkil qiladi. Zoonimlarning yana bir turi – ornitonimlarga alohida e’tibor qaratilgan. O‘zbek tilida zoonimlarning o‘ziga xosligi borasida Alisher Navoiy ham “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida alohida so‘z yuritgan. Turkiy xalqlarning hayvonot olamiga alohida e’tiborini muchal hisobi ham isbotla ydi.

Downloads

Published

2023-10-07