L. Z. Budagov lug‘atida eski o‘zbek adabiy tili harbiy istilohlarining izohlanishi

Authors

  • Mahliyoxon Tuxtasinova

Keywords:

chig‘atoy tili, qiyoslash, terminologik leksika, lug‘at, bosh so‘z, izoh, turkiy tillar, manbaa, ɣačarčï, hiravul, tolɣama, ɣo‘l, mondu, uran, čuqal.

Abstract

Mazkur maqola Lazar Zaharovich Budagovning “Turk-tatar tillarining qiyosiy lug‘ati” (“Сравнительный словарь турецко-татарских наречий”), uning tartiblanish metodi, tarkibiy qismlari va kiritilgan so‘zlarning izohlanishi semantik va etimologik jihatdan Navoiy, Bobur asarlaridan keltirilgan misollar asosida yoritilgan.
Turkiy lug‘atlar mamlakatimiz va chet el kutubxonalarida noyob yodgorlik sifatida saqlanib kelinmoqda. Ularning aksariyati yagona va qadimiy nusxa ekanligi bilan ahamiyatlidir. Lug‘atlar doimo turkolog-so‘zshunos olimlarning diqqatini o‘ziga tortib kelgan.
L.Z.Budagovning asosiy ilmiy asarlari ro‘yxatida II jilddan iborat bo‘lgan “Сравнительный словарь турецко-татарских наречий, со включением употребительнейших слов арабских и персидских и с переводом на русский язык” (Turk-tatar tillarining qiyosiy lug‘ati” (turktatar lahjalarining qiyosiy lug‘ati, shu jumladan arab va fors so‘zlaridan foydalanish va rus tiliga tarjima) alohida o‘rin tutadi. XIX asrning eng ulkan turkiy lug‘atlaridan biri bo‘lgan ushbu lug‘atni tuzish uchun boy tilga oid va ekstrolingvistik materiallar muallif tomonidan bir qancha manbalardan misqollab yig‘ib chiqilgan. Lug‘atga ko‘plab sharqiy xalqlar tilidagi faol so‘zlar kiritilgan. Shu bois ular qiyoslash jarayonida xalqlarning yozma yodgorliklari, turkiy tillardagi so‘zlashuv va tarjima lug‘atlari hamda adabiy merosiga oid asarlar matnlaridan foydalanilgan.
Lug‘atda mavjud chig‘atoy tiliga oid leksemalar mavzu guruhlari ajratilgan holda tadqiq etilgan. Ulardan biri harbiy istilohlar, harbiy mansab, lavozim va unvonlarni ifodalovchi terminlar, jangovar harakat va taktik amaliyotlarni ifodalovchi terminlar, qurol-yarog‘, aslaha-anjomlarni ifodalovchi terminlar, qo‘shin turlari va askariy qism nomlarini anglatuvchi terminlar, mudofaa va muhandislik inshootlari nomlarini anglatuvchi terminlar kabi mavzu guruhlarga ajratilgan holda tahlil etilgan hamda leksemalarning statistik tahlili keltirilgan. Lug‘atda berilgan so‘zlar izohli lug‘at asosida hozirgi ma’nosi qiyoslanib o‘rganilgan.

Downloads

Published

2023-10-07