Alisher Navoiy “Hayrat ul-abror” va Yahyobey Toshlijali “Gulshan ul-anvor” dostonlari qiyosi
Keywords:
xamsanavislik, “Hayrat ul-abror”, “Gulshan ul-anvor”, syujet, muqaddima.Abstract
Adabiyotshunoslikda muayyan adabiy an’ana va o‘zaro ta’sir doirasida yaratilgan asarlarni o‘rganish har ikki xalq adabiyoti miqyosida muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, salkam sakkiz asrlik tarixga ega bo‘lgan xamsanavislik an’anasi doirasida yaratilgan asarlarni o‘zaro ta’sir va aks ta’sir, obyektivlik va sinkretizm tamoyillari asosida o‘rganish dolzarb masalalar sirasiga kiradi. Shu ma’noda tili, madaniyati, urf-odat va an’analari bir-biriga yaqin bo‘lgan o‘zbek va turk xalqlari o‘rtasidagi adabiy aloqalarni xamsanavislik an’anasi asosida tadqiq etish davr talabidir.
Ushbu maqolada Alisher Navoiy “Hayrat ul-abror” hamda Yahyobey Toshlijali “Gulshan ul-anvor” dostonlarining qiyosi haqida so'z boradi.
Downloads
Published
2023-10-07
Issue
Section
Статьи