Qadimgi turkiy she’riyatda qo‘llangan badiiy san’atlar va ularning matn stilistikasiga ta’siri

Authors

  • Gavhar Rahmatova

Keywords:

she’riy uzindi, xalq og‘zaki ijodi, badiiy tavsir vositasi, badiiy san’at, semantika, stilistika.

Abstract

Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘ati-t-turk” asari ilk turkislom muhiti, madaniyati, ilm-fanining yorqin namunalaridan biri, turkiy xalqlar og‘zaki she’riyatini o‘zida jamlagan qimmatbaho manbadir. Asar umumturkiy madaniyat va badiiy tafakkurini o‘zida aks ettiruvchi xalq og‘zaki ijodi namunalarini jamlagani uchun unga qiziqish katta. Asardan joy olgan she’rlar o‘zining tematikasi, badiiy qiymati va semantikasi bilan o‘zgacha.
“Devonu lug‘ati-t-turk”dagi she’riy uzindilarda keltirilgan tashbih, tazod, istiora, tajnis, takrir, mubolag‘a, irsoli masal kabi badiiy san’atlar turkiy xalqlar adabiyotida dastlabki qo‘llangan badiiy tasvir vositalaridan biri sifatida muhim ahamiyatga ega. Shu bois maqolada asarda keltirilgan marsiya, lirik, jangnoma va pandnoma turkum she’rlardagi badiiy san’atlar tahlilga tortilgan. She’rlardagi badiiy san’atlarning qo‘llanish doirasi ochib berilgan.

Downloads

Published

2023-10-06